Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, dori tarkibiga yapon şilvisi (buta ösimlik), Baykal şlemnigi va egik forsaytiya deb nomlanuvçi ösimliklar kiradi. Xitoy tabobatida bu ösimliklar isitmani tuşirişi, organizmdan toksinlarni çiqarişi, insonni taşqi va içki tomondan tozalaşi ta'kidlanadi. Zamonaviy tadqiqotlarga köra, Shuanghuanglian Koufuye virusga va bakteriyalarga qarşi xossalarga ega hamda organizmning immun funksiyasini oşiradi.    

2003 yilda Şanxay farmakologiya instituti tadqiqotçilari Shuanghuanglian Koufuye’ning atipik zotiljam bilan kuraşa olişini aniqlaşgandi. Şundan keyin ular 10 yil davomida vositaning grippning bir qator viruslari (H7N9, H1N1, H5N1), ötkir oğir respirator sindrom [SARS] va Yaqin Şarq respirator sindromiga [MERS] qarşi kuraşdagi samaradorligini örganişni davom ettirişgan. Barça hollarda vosita virusga qarşi samarali ekanini körsatgan. 

Hozirda dorining klinik sinovlari ötkazilmoqda.