Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan öz mamlakati turkiyalik askarlar ölimi uçun javob çoralari qöllanişi davom etişini ma'lum qildi. U dastlabki ma'lumotlarga köra, Turkiyaning «intensiv zarbalari» oqibatida 30-35 nafar suriyalik yöq qilinganini ma'lum qilgan. «Biz bu hujumga javob qaytardik, artilleriya va minomyotlarimiz orqali javob qaytarişda davom etamiz. Biz mamlakatimiz va Idlibdagi birodarlarimiz xavfsizligi uçun amaliyotlarni qat'iylik bilan davom ettiramiz», - deya Erdöğanning bayonotini keltirmoqda Reyter agentligi.
Raisi Erdöğan bölgan Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Umar Çelik endilikda Suriya harbiylari Turkiya uçun qonuniy nişonga aylanganini ma'lum qilgan. «Bu rejim qurolli kuçlarimiz va postlarimizga hujum qilganidan keyin biz Rossiya ularni himoya qilmasligini kutamiz», - degan u Turkiyadagi Si-en-en efirida.
Suriyada turklarning kuzatuv postlari 2017 yilda Rossiya, Turkiya va Eron örtasidagi kelişuvga muvofiq tuzilgandi.
Öz navbatida rossiyalik harbiylar Turkiya harbiy xizmatçilari terrorçilar tomon otilgan öqlar ostida qolişganini bildirişgan.
«2 fevraldan 3 fevralga ötar keçasi turk harbiy bölinmalari Rossiya tomonini ogohlantirmasdan Idlibning içkari hududi tomon harakatlandi va Suriya hukumatining Serakab punktidan ğarbdagi hududda joylaşgan terrorçilarga qarata bergan zarbasiga nişon bölişdi», - deyiladi Suriyada uruşayotgan tomonlarni yaraştiriş Rossiya markazi bayonotida.
«Turkiya harbiy-havo kuçlari samolyotlari Suriya davlat çegarasini buzib ötmagan, Suriya harbiylari pozitsiyalariga hujum qayd etilmagan», - deya qayd etilgan rossiyalik harbiylar bayonotida.

Turkiya Idlibdagi harbiylari qurolli töqnaşuvlarning oldini oliş uçun kelişuv böyiça joylaştirilganini bildirgan.
Reyter naşrining xavfsizlik xizmatidagi manbasi aniqlik kiritişiça, turkiyalik harbiylar Idlibdan 15 kilometr şarqda Serakab tumani hududida halok bölişgan.
Sönggi tayanç
Idlib provinsiyasi Suriyadagi ayirmaçilarning sönggi tayançi hisoblanadi. Turkiya va Suriya prezidenti Başar Asadning asosiy ittifoqçisi bölmiş Rossiya örtasida 2018 yili Idlibni deeskalatsiya zonasiga aylantiriş böyiça kelişuv tuzgan. Kelişuv şartlari buzilgan.













