Köp ötmay bu AQŞ harbiylariga tegişli Bombardier E-11A rusumli harbiy samolyot ekani ma'lum böldi. «Tolibon» amerikalik harbiylarning samolyotini razvedka işlarini amalga oşirayotgan vaqtda urib tuşirganini tantanali tarzda e'lon qildi.

Voqealar jiddiy tus olgaç AQŞ rasmiy ma'lumot berdi: «Afğonistonda Bombardier E-11A samolyoti halokatga uçradi, ammo samolyot duşman tomonidan urib tuşirilgani haqida fakt yöq».

Amerikaliklar «Tolibon»da bunday balandlikda uçadigan samolyotni urib tuşiradigan qurol yöqligini ta'kidlaşdi. Samolyot dvigateldagi nosozlik sabab halokatga uçragani aytildi.

Reuters’ning Ğazni politsiyasiga tayanib xabar berişiça, halokatga uçragan (yoki urib tuşirilgan) samolyot bortida 6 kişi bölgan, 4 kişi halok bölgan va 2 kişi asir tuşgan (!).

Bu samolyot halokati haqida eng şov-şuvli xabar Eronning Mehr axborot agentligida e'lon qilindi. Naşr rus razvedkasidagi manbasiga asoslanib xabar berişiça, halokatga uçragan Bombardier içida AQŞ markaziy razvedka byurosining katta mansabdori, taşkilotning Yaqin Şarq böyiça rahbari Maykl D’Andrea ham bölgan.

Eron telekanalida bu xabar quyidagi tarzda e'lon qilindi: «Afğonistonda halokatga uçragan samolyotda MRB ofitseri Maykl D’Andrea ham bölgan. Laqabi «oyatulloh Mayk» bölgan bu inson şahid bölgan general Qosim Sulaymoniyni duşman tomonidan öldiriş operatsiyasiga boşçilik qilgan».

Bu xabar voqealar rivojini butunlay boşqa tomonga özgartirib yubordi. AQŞ va Eron örtasida uruş keltirib çiqarişiga bir baxya qolgan suiqasdni taşkillaştirgan odam halok bölgani aytilgaç hammada bir savol tuğildi: bu işni kim qildi?

Bin Lodinni topgan, Sulaymoniyni öldirgan, islomni qabul qilgan. Maykl D’Andrea kim özi?

Sönggi haftalarda hammaning tiliga tuşgan Maykl D’Andrea kim ekani haqida gaplaşsak. Qaçon tuğilgani ham noma'lum bölgan bu inson prototipi Hollivud ijodkorlari tomonidan suratga olingan «Birinçi raqamli nişon» filmida gavdalangan. «Al Qoida» yetakçisi Usama bin Lodinni qölga oliş operatsiyasi haqida işlangan bu filmda D’Andreaning faoliyati qisqaça oçib berilgan. Virjiniyada tuğilgan Maykl 1979 yil aynan mana şu şaharda joylaşgan MRBga (filmlarda eşitganingiz öşa maşhur «TsRU») işga kiradi. Masofadan turib boşqariladigan uçuvçi vositalar bilan ötkaziladigan operatsiyalar böyiça mutaxassis bölib yetişgan Mayk tabiiyki bunday işlardagi könikmasi qöl keladigan Yaqin Şarqda AQŞ uçun öta muhim şaxsga aylanadi.