«Bugun Amerikaning Bombardier E-11A rusumli samolyoti Afğonistonda Ğazni viloyatida qulab tuşdi. Hozirça hodisa sabablari örganilmoqda, lekin samolyot duşman tomonidan urib tuşirilgani töğrisida dalil mavjud emas», degan Afğonistonning Amerikadagi kontingenti vakili Sonni Ledjyett.
U «Tolibon»ning samolyotni toliblar urib tuşirgani töğrisidagi bayonotini yolğon deb atagan. Ledjyett aviahalokat qurbonlari sonini, şuningdek, samolyotda kimlar bölganini ma'lum qilmagan.

27 yanvar kuni Afğonistonning markaziy qismida, «Tolibon» harakati nazoratida bölgan hududda samolyot qulab tuşgan edi. Dastlabki xabarlarda bu samolyot Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasining yölovçi samolyoti bölgani, uning bortida 100 nafardan ortiq kişi bölgani haqida aytilgandi.
OAV: Afğonistonda yölovçi samolyot qulab tuşdi
Köp ötmay «Tolibon» uşbu samolyot halokati uçun javobgarlikni zimmasiga oldi. Ularning tasdiqlaşiça, aviahalokat oqibatida Markaziy razvedka boşqarmasi zobitlari halok bölgan.
«Razvedka işlarini amalga oşirgan samolyot Deh-Yak tumani hududidagi Sado-Xil qişloği yaqinida urib tuşirildi», degan harakat vakili Zabihullo Mujohid.
«Tolibon» harakatida samolyot uçuvçi balandlikdagi obektni urib tuşirişga qodir zenit-raketa majmuasi mavjudligi töğrisida ma'lumot yöq.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Tolibon» harakati a'zolari tomonidan AQŞ harbiy-havo kuçlari samolyoti qoldiqlari tasvirlangan videolar tarqatildi.
Pentagon Bombardier E-11A rusumli samolyotlardan Afğonistonda razvedka işlarini olib borişda foydalanadi.
Amerika hukumatidagi manbalardan biri Reyter agentligiga uşbu samolyotda bölganlar soni 10 nafardan oşiq bölmaganini aytgan.








