Ma'lumotlarga köra, Apple Watch savdosi hajmi 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 36 foizga köproqni taşkil qilgan. Barça şveysar brendlarining soatlari umumiy savdosi hajmi esa 2019 yilda 13 foizga kamayib, 21,1 mln donani taşkil qilgan.

The Verge naşrining aniqlik kiritişiça, Apple’ning özi Watch soatlari savdosi haqidagi ma'lumotlarni oşkor etmaydi. Strategy Analytics’ning bahosi riteyler va boşqa işlab çiqaruvçilardan olgan ma'lumotlarga asoslangan. Firmaning ijroçi direktori Nil Moustonning aytişiça, oddiy soatlar yoşi katta iste'molçilar orasida hali ham ommalaşgan, biroq yoşlar aqlli soatlar va fitnes-bilakuzuklarni ma'qul körişmoqda.

Tahlilçilarning ta'kidlaşiça, Swatch va Tissot şveysar soatlari brendlari smart-soatlarga kuraşni boy bermoqda. Apple iste'molçilarga yoş xaridorlarga möljallangan qiziqroq mahsulot taklif qilmoqda. Bozordagi joriy holat hisobga olinsa, Şveytsariya soatsozlik kompaniyalarida vaziyatni öz foydasiga özgartiriş uçun oz vaqt qolmoqda.

MacRumors naşrining eslatişiça, 2017 yilda Apple bir çorak böyiçagina şveysar kompaniyalarini ortda qoldira olgan, biroq yil natijalariga köra u bunday natijaga ilk bor erişa oldi.