BAAning Abu-Dabi şahri boğlarida antiqa ekologik taşabbus amalga oşirilmoqda. Uning doirasida tötiquş va qarğalar boğlarni mayda çiqindilardan tozalaşga örgatildi. 

Boğlarni ozoda tutişga tötiquş va qarğalardan iborat “farroşlar” guruhi kirişdi.

Quşlar Barari Natural Resources taşkiloti tomonidan mayda çiqindilarni terişga örgatilgan. Uşbu taşkilot BAA poytaxtidagi 400 ta kökalamzor hududga javobgar va “Tabiat bizni örgatadi” taşabbusini amalga oşirmoqda. 

Quşlar şahar boğlariga çiqarilib, çiqindilarni töğri utillaştiriş muhimligini yon-atrofdagi odamlarga namoyiş qilişadi. Taşkilot xodimlarining ta'kidlaşiça, quşlarda sezgi organlaridan köriş eng yaxşi rivojlangan bölib, ular bu qobiliyatlari evaziga kiçik ölçamli plastik çiqindilar va sigaret qoldiqlarini payqay oladilar.

Hozirda quşlar plastik, qoğoz bölaklari va sigaret qoldiqlarini aniqlaşga örgatildi. Quşlar keyingi bosqiçda çiqindilarni turli konteynerlarga saralaşga örgatiladi. Dasturda hammasi bölib 25 ta quş iştirok etmoqda.