Bugun, 7 fevral kuni Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligida Moliya vazirligi va OTM rektorlari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida stipendiya tölaş tartibiga kiritilgan özgartirişlar böyiça qabul qilingan hukumat qarori yuzasidan muhim savollarga javob berildi.

Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri örinbosari Sarvar Buzrukxonov talabalarga stipendiya tölaş tartibi haqida axborot berdi.

«31 yanvar kuni «Oliy ta'lim muassasalari talabalariga tölanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilaş hamda stipendiyalar tayinlaş va tölaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri – budjet asosida öqiyotgan talabalarga 2019 yil sentabr-yanvar oylaridagi kompensatsiya puli qoplab beriladi. Lekin tölov-şartnoma asosida öqiyotgan talabalarga bu qöllanmayapti.

Aynan şu jihat köplab noroziliklarni keltirib çiqarmoqda. Sababini tuşuntirib beraman. Kontrakt miqdorining sipendiyali va stipendiyasiz tartibini belgiladik. Talaba tölov uçun 400 ming sömdan berdi. 2019 yil sentyabrgaça faqat stipendiyali şartnoma tölovi bölgan va bu tölovning qiymati «4» bahoning puli bölgan. Bu qiymat tuşirilib, 400 ming söm qilindi. Şuning uçun talaba 2019 yil sentyabrdan 2020 yil yanvar oyigaça bölgan muddatda özi tölagan şartnoma puliga mos ravişda stipendiya olgan. Bunga asoslanib tölov-şartnoma asosida öqiyotgan talabalarga stipendiya qayta hisob-kitob qilib berilmaydi. Talabalar bu haqida ogohlantirilgan. Şartnoma şartlarida ham belgilangan», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Buzrukxonovning qöşimça qilinişiça, budjet asosida öqiyotgan talabalarga stipendiya qayta hisob-kitob qilinişining sababi ular davlat hisobidan ta'lim olişmoqda. Şunga mos ravişda hukumat ularga kompensatsiya tölovini amalga oşiradi. Uşbu kompensatsiya puli joriy yilning 15 fevraligaça tölab beriladi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2019/2020-öquv yilidan boşlab davlat oliy ta'lim muassasalarining barça talabalarga bir xil — 400 ming söm miqdorida stipendiya belgilanişi munozaralarga sabab bölgan, talabalarga bir xil stipendiya tölanişi noqonuniy ekani aytilgandi.

Sarvar Buzrukxonov

Vazirlar Mahkamasining 31 yanvar kuni qabul qilinib, 5 fevral kuni e'lon qilingan «Oliy ta'lim muassasalari talabalariga tölanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilaş hamda stipendiyalar tayinlaş va tölaş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi qaroriga köra, OTMlarda davlat granti asosida ta'lim olayotgan «a'lo» (reyting körsatkiçi – 86 ball va undan yuqori) hamda «yaxşi» (reyting körsatkiçi – 71 ball va undan yuqori) özlaştirgan talabalarga tajriba-sinov tariqasida 2019 yil 1 sentyabrdan 2020 yil 1 fevralga qadar haqiqatda tölangan hamda hukumatning tegişli qarori asosida tölanişi lozim bölgan miqdorlar orasidagi tafovut tizimida OTMlar bölgan vazirliklar va idoralarga 2020 yil uçun ajratilgan davlat budjeti mablağlari doirasida qoplanadi.

Ya'ni, qayta hisob-kitob faqat davlat grantidagilar bilan böladi, kontraktdagilar bilan emas.