Bu prezidentning 2026-yil 23-iyundagi «Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida»gi PF–115-son farmonida belgilangan.

Hujjatga muvofiq, 1-sentabrdan byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi 7 foizga oşiriladi. Talabalarga tölanadigan stipendiyalar miqdori ham 7 foizga köpayadi.

Şuningdek, 1-sentabrdan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 271 ming sömdan 1 mln 360 ming sömga oşadi.

Bazaviy hisoblaş miqdori esa 412 ming sömdan 440 ming sömga kötariladi.

BHM, jumladan, qonunçilikda belgilangan ayrim davlat bojlari, yiğimlar, jarimalar va boşqa tölovlarni hisoblaşda qöllanadi.

Farmon bilan pensiya va nafaqalarni oşirişning boşqa muddati belgilangan edi. Ular 2026-yil 1-iyuldan 7 foizga oşirilgan. Xususan, yoşga doir eng kam pensiya oyiga 983 ming söm, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori 1 mln 83 ming söm, pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori esa 504 ming söm etib belgilangan.

Iş haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oşiriş bilan boğliq xarajatlar Davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi.