Moliya vazirligining Fiskal tahlillar instituti davlat byudjyeti samaradorligini oşiriş böyiça takliflarni ilgari surdi.
Institut nuqtayi nazariga köra, davlat xarajatlarini boşqariş törtta asosiy tamoyilga tayanişi kerak. Bular – doimiy byudjyet majburiyatlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlaş, davlat kömagini haqiqatan muhtoj qatlamlarga yönaltiriş, investitsion xarajatlar uluşini oşiriş hamda mablağlarni xarajatning öziga emas, körsatilayotgan xizmat hajmi va sifatiga boğlaşdan iborat.
2026-yilda davlat byudjyetidan subsidiya va transfertlar uçun 52 trillion sömdan ortiq mablağ ajratilgan. Şundan 28,6 trillion sömi issiqlik ta’minoti, ipoteka, transport, nodavlat boğçalar, talabalar turar joyi va ta’lim kreditlari kabi yönalişlarga subsidiya sifatida yönaltirilgan bölsa, yana 23 trillion sömi Pensiya jamğarmasiga transfert hisoblanadi.
Institut fikriça, asosiy muammo subsidiya hajmida emas, balki uning kimga, qanday mezon asosida va qanday natija uçun berilayotganidadir. Şu bois subsidiyalarni manzilli, şaffof va natijaga boğlangan tizim asosida taqsimlaş taklif qilindi.
Minimal iş haqi
Institut 2030-yilgaça mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorini bosqiçma-bosqiç median iş haqining 40 foizigaça yetkazişni taklif qildi.
Birinçi bosqiçda bu yondaşuvni quriliş, çakana savdo va umumiy ovqatlaniş sohalarida sinov tariqasida joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, byudjyet taşkilotlarida eng kam iş haqini avtomatik hisob-kitob bazasi sifatida qöllaş amaliyotini qayta körib çiqiş hamda buning uçun alohida hisoblaş miqdorini joriy etiş taklif etildi.
Bundan taşqari, minimal soatbay va kunbay iş haqi stavkalarini belgilaş, ayrim mehnat nizolari bilan boğliq yuklamalarni Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasiga ötkaziş orqali iş beruvçilar tavakkalçiligi kamaytirilişi mumkinligi qayd etildi.
Özbekistonda daromad soliğini progressiv şkalaga ötkaziş taklif etildi
Transport subsidiyalari
Institut jamoat transportida ham subsidiya hajmini emas, xizmat natijasini moliyalaştiriş tamoyiliga ötişni taklif qilmoqda.
Ma’lumotlarga köra, brutto-şartnomalar uçun yiliga 1,9 trillion söm byudjyet mablaği sarflanadi. Şundan 1,3 trillion sömi Toşkent jamoat transportiga yönaltiriladi. Transport xarajatlarining 65,1 foizi subsidiya hisobidan qoplanmoqda.

















