O‘zbekiston | 10:03 / 11.02.2020
3145
4 daqiqa o‘qiladi

OIIB ishtirokida Buxoro viloyatining suv ta'minotini rivojlantirish loyihasi amalga oshiriladi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida “Buxoro viloyatining suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida “Buxoro viloyatining suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, quyidagilar:

a) 2019 yil 2 iyulda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan O‘zbekistonga 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 25 yil mobaynida qaytarish muddati bilan qiymati 385,11 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz berilishi ma'qullangan;

b) loyihaning umumiy qiymati 437,62  mln. AQSh dollarini, shu jumladan:

OIIB qarzi – 385,12 mln. AQSh dollarini tashkil etadi;

loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston hissasi – soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 52,5 mln. AQSh dollarini tashkil etadi;

v) loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2020-2024 yillar) tashkil etadi.

Belgilab qo‘yilishicha:

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni o‘tkazish, OIIBning qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas'ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;

investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarini to‘lash OIIBning qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

O‘zbekiston moliya vaziriga:

O‘zbekiston nomidan OIIB bilan loyihani amalga oshirish uchun qarz bitimini;

OIIB qarzini Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Kommunxizmat” agentligi, Buxoro viloyati hokimligi va “O‘zsuvta'minot” aksionerlik jamiyatining Buxoro viloyatidagi suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonasi o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati beriladi.

Adliya vazirligi O‘zbekiston va OIIB o‘rtasidagi qarz bitimi, Qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa beradi.

“O‘zsuvta'minot” AJ raisi zimmasiga Qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq OIIB qarzini qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar “O‘zsuvta'minot” AJning Buxoro viloyatidagi suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonasi tomonidan o‘z vaqtida jamlanib borilishini ta'minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

Buxoro viloyati hokimligi:

belgilangan tartibda ichimlik suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari hamda inshootlari qurish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari ajratilishini, shuningdek, yer uchastkalari ajratilishi natijasida kompensatsiya to‘lovlari to‘lanishini;

2020 yildan boshlab Buxoro viloyati mahalliy budjeti parametrlarida OIIB qarzi bo‘yicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarishga “O‘zsuvta'minot” AJning Buxoro viloyatidagi suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonasining ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan o‘z mablag‘lariga qo‘shimcha ravishda mablag‘larni nazarda tutadi.

“Kommunxizmat” agentligi suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasidagi loyihalarni boshqarish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan OIIB loyihalarini muvofiqlashtirish guruhini tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid