28 yanvar kuni Majburiy ijro byurosining Toşkent viloyati boşqarmasida ötgan matbuot anjumanida Ahmadboydan jabrlangan bir guruh fuqarolar ham iştirok etişdi.

Kun.uz muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlaşdi.

Öğiloy Ahmedova (Sirdaryo viloyati):

– Ahmadboyga hamma pul bergan paytda men ham 16500 dollar bergandim. Öşa paytdagi ahvolimni tasavvur ham qilolmaysizlar. Unga pul berganlar qanday köyga tuşgan bölsa, men ham şu holni boşdan keçirdim. Ança tuşkunliklarga tuşdim. Endi umuman Ahmadboylarga işonmayman, heç kimga pul bermayman, boşqalarni ham moliyaviy piramidalarga işonmaslikka çaqiraman.

Bergan pullarimni olişdan umidimizni uzgandim. Pulimning uçdan bir qismini bugun plastigimga taşlab berişdi. Buning uçun barça mutasaddilarga katta rahmat.

Abduqahhor Qöçqorov (Jizzax viloyati):

Pensionerman, ikkinçi guruh nogironiman. 2016 yil mart oyida pensiyamni yiğib, töplagan pullarimni Ahmadboyga bergandim. Berişdan oldin Çinozga borib, suriştirib kördik. Hamma topşirayotgan ekan, navbat katta. Borganimizda pullarni bankning maşinasida melisalar bilan olib ketişgandi. Şularni körgaç, biz ham pulimizni işonib berdik. Şundan foyda olamiz, deb öylagandik.

Ikki oy foizini oldik, uçinçi oyga borib taşkilot yopildi. Şundan keyin pullarimizdan umidimizni uzgandik.

Xato qilganman. Ahmoqçilik deydimi, boşqami, nima bölsayam, notöğri qilganman. Şoşib qolganmiz. Bugun topşirgan pullarimning uçdan birini qaytarib berişdi. Xursandmiz.

Mahfuza Hojimatova (Toşkent şahri):

– 2016 yil köçadan, taniş-bilişlardan eşitib, Ipotekabankda turgan 27 mln sömimni Ahmadboyga olib borib berganman. Har oyning 23-sanasida kelib, foizingizni olib ketasiz deyişdi. Birinçi oyning foizini olişimga bir hafta qolganda yopilib qoldi. Judayam qattiq siqildim. Boşimda erim, bola-çaqam yöq, öşa paytda işsiz edim, şu pulga yaşayotgandim. Işim ham yöq, pulim ham yöq, endi nima qilaman deb «şok»ka tuşdim, töğrisi.