Qonun şu yilning avgust oyida kuçga kiradi. 1 iyunga qadar tajriba natijalariga köra, hujjatni takomillaştiriş zarurati va respublikaning boşqa hududlarida u qanday qöllanilişi aniqlab olinadi, deb yozmoqda Norma.
 
Ötkazilayotgan tajribadan asosiy maqsad - köp kvartirali uylarni quyidagilar tomonidan boşqarişning turli mexanizmlarini amaliyotda aprobatsiya qiliş:

joylarning mulkdorlari tomonidan (bevosita boşqariş);

yuridik şaxs bölgan boşqaruvçi taşkilot tomonidan yoki jismoniy şaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bölgan boşqaruvçi tomonidan şartnoma asosida;

uy-joy mulkdorlari şirkati tomonidan.
 
Quyidagilarni amalga oşiradigan hududiy işçi guruhlar taşkil etildi:

boşqarişning qöllanilayotgan huquqiy mexanizmlarning joriy holatini tahlil qiliş;

boşqariş organlarining moddiy-texnik jihozlanişini, şuningdek ular malakasini oşiriş va qayta tayyorlaşni taşkil qiliş;

köp kvartirali uylarning joylaşuvi xaritasini işlab çiqiş, har bir uyni pasportlaştiriş, tutaş hududlarni belgilaş çoralarini köriş va h.k.
 
Hududiy işçi guruhlar faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda eksperiment samarali ötkazilişini ta'minlaş boş vazirning birinçi örinbosari A. Ramatov rahbarligidagi Respublika işçi guruhiga yuklandi.
 
Jizzax, Marğilon va poytaxtning Yakkasaroy tumani uy-joy-kommunal xizmat körsatiş bölimlarida köp kvartirali uylarni boşqariş masalalari böyiça aholi uçun maslahat punktlari taşkil etiladi. Bir oy muddatda tegişli hududiy hokimliklar kvartiralar mulkdorlariga tutaş hududdan doimiy foydalaniş huquqi asosida hujjatlar beradi, boşqariş taşkilotlariga esa faoliyat yuritişi uçun zarur bino va inşootlar ajratadi.
 
Eksperiment ötkaziş davrida “Eng yaxşi boşqaruvçi” tanlovlari taşkil etiladi, ularning natijalari hamda ğoliblarning iş tajribasi OAVda keng yoritiladi.
 
Şuningdek, hujjat bilan huquqiy eksperiment ötkaziş mexanizmlarini tartibga soluvçi vaqtinçalik nizom tasdiqlandi. Nizom: