“Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Boş prokuratura tomonidan işlab çiqilgan hujjatga köra, Yer kodeksiga qöşimçalar kiritilişi kutilyapti.
Xususan, 6-bob quyidagi mazmundagi 58-1-modda bilan töldiriladi:
“58-1-modda. Qayta taqsimlanadigan qişloq xöjaligi yerlari
Qişloq xöjaligi yer uçastkalariga bölgan huquqlarning bekor qilinişi munosabati bilan jismoniy va yuridik şaxslardan tuman (şahar) hokimligi ixtiyoriga vaqtinça qaytarib olingan vaqtinça (qayta tanlov ötkazilgunga qadar) foydalanilmay turgan qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar qayta taqsimlanadigan yerlarni taşkil qiladi.
Yuridik va jismoniy şaxslarning mavjud yerlari tuman (şahar) hokimligi yoki sud tomonidan yer ijara şartnomasi bekor qilinib, qayta taqsimlanadigan yerlar hisobiga olinganidan söng 3 kun içida mazkur maydonlar oçiq tanlovga çiqarilişi şart.
Agar mazkur maydonlarda qişloq xöjaligi ekinlari ekilgan bölsa, bunday holatda tuman (şahar) hokimliklari tomonidan ekilgan qişloq xöjaligi ekinlarini yiğiştirib olingunga qadar uşbu yer maydonlari mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida yer uçastkalarini beriş (realizatsiya qiliş) masalalarini körib çiquvçi komissiyalar hamda tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer maydonlari kengaşining ijobiy xulosalariga asosan yuridik şaxslarga tuman (şahar) hokimining qarori asosida biriktirib qöyilişi mumkin.
Qayta tanlovga qöyilgan qayta taqsimlanadigan yerlarga talabgorlar çiqmasa, bu holatda bunday yer uçastkalari Xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşining qarori asosida yuridik şaxslarga beriladi va uşbu qaror yer uçastkasini davlat röyxatidan ötkazişga asos böladi.
Qayta taqsimlanadigan yerlarda yoki uning bir qismida köp yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar yoki boşqa mulklar bölgan taqdirda uşbu mulklar auksion savdolarini ötkaziş orqali beriladi (realizatsiya qilinadi)”.
91-modda (Özboşimçalik bilan egallab olingan yerlarni qaytariş):
uçinçi qismidagi (Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvçiga, yer uçastkasi ijaraçisiga yoki mulkdoriga qaytariş tegişli tuman, şahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga köra amalga oşiriladi) “viloyat hokimining qaroriga binoan yoki” degan sözlardan keyin “sud buyruğiga yoxud” degan sözlar bilan töldiriladi;











