Ayol...  Dunyoda unga köpgina ijobiy ta'riflar berilgan. Haqiqatan ham nozik hilqat vakilalariga qança çiroyli ta'rif-u tavsiflar keltirsak, şunça oz. U – muştipar ona, sevikli yor, mehribon opa, mehribon singil...

Ayol nozik jussasida butun hayot taşvişlarini kötarib yurişi mumkin. Ammo hayot har doim ham şodlikdan iborat emas. Unda azob, nafrat, qiyinçiliklar ham uçrab turadi. Hayotning çalkaş yöllari uni gohida jinoyat köçasiga yetaklaydi.

Kun.uz ijodkorlari Toşkent viloyati, Zangiota tumanidagi 21-sonli jazoni ijro etiş muassasasida böldi. Quyida Özbekistondagi yagona ayollar koloniyasidan tayyorlangan videoreportajni tomoşa qiling.

Ayollar koloniyasi bir neça qismlardan iborat. Unda uçraşuv xonalari, madaniyat markazi va kutubxona, bolalar uyi, yotoqxona, oşxona, işlab çiqariş hududi va ma'muriyat xodimlari xizmat idoralari joylaşgan. Muassasaga kirib borar ekanmiz, koloniya ma'muriyati bizni mahkuma ayollar tomonidan taşkil etilgan madaniy tadbirga taklif qildi.

Markazning birinçi qavatida mahkumalar uçun qiroatxona joylaşgan. Ma'muriyatga köra, qiroatxona fondi 9 mingdan oşiq kitob fondiga ega. Kutubxona xodimasining aytişiça, mahkumalarning 80 foizi kutubxonaning doimiy a'zosi hisoblanadi.

Kutubxona

Koloniya hududida biz tanişgan navbatdagi markaz mahkumalar va ularning yaqinlari körişadigan uçraşuv xonalari böldi.

Koloniyada örnatilgan tartibga köra, mahkumalar va ularning yaqinlari uzoq va qisqa muddatda uçraşişlari mumkin. Uçraşuvlar muddati mahkumalarni körişga kelganlarning qarindoşlik darajasiga qarab belgilanadi.

Qisqa muddatli uçraşuv xonasi

Masalan, mahkuma ota-onasi, turmuş örtoği va farzandlari bilan 3 sutkagaça qolişi mumkin. Bundan boşqa hollarda mahkumaga uçraşuv uçun 2 soat vaqt beriladi. Bu uçraşuvlar faqat oynali tösiqlar ortida telefon orqali bölib ötadi.

Mahkumalar har 2 oyda bir marta yaqinlari bilan körişiş imkoniyatiga ega.