Bugun, 17 fevral kuni «Human» xususiy bandlik agentligidan ziyon körgan 50dan ortiq kişi Toşkent şahridagi Mustaqillik maydoni yonida töplandi.
Agentlik rahbari ustidan sud jarayoni yakunlaridan qoniqmagan va pullari qaytarilişidan umidvor fuqarolar hukumat vakillari bilan uçraşuv taşkillaştirişni söraşdi.
Tez orada Toşkent şahar IIBB boşliği Rustam Jörayev, köp ötmay Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov va boşqa mutasaddilar Mustaqillik maydoniga yetib keldi.
Keç soat 17:00 atrofida boş vazir Abdulla Aripov agentlikdan jabr körgan fuqarolar bilan uçraşib, ularni qiynab kelayotgan muammoni hal etdi.
Hukumat rahbari 1086 nafar aldangan fuqaroga qaytarilişi lozim bölgan 21 milliard sömdan ortiq moddiy zarar davlat tomonidan şoşilinç ravişda qoplab berilişini aytdi.
Aripov uçraşuvda qatnaşgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri hamda «Ipotekabank» rahbariga topşiriq berib, barça jabrlanuvçilarga 2 kun içida bank plastik kartoçkasi oçib beriş va oçilganidan keyin 24 soat içida kartoçkaga pul ötkazib beriş vazifasini yukladi.
Mablağlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi maxsus jamğarmadan qoplanadi, keyinçalik bu pullarni agentlikdan undiriş çoralari köriladi.
«Bu masalaga mas'ul bölgan hamma mutasaddilarga çora köriladi. Va'da beraman.
Şu narsa böyiça işlab, lekin bunaqa holatga yöl qöyib bergan Mehnat vazirligida işlagan kim bölişidan qat'i nazar, unga nisabatan çora köriladi.
Bugun barça xususiy bandlik agentliklarini tugatiş böyiça prezidentimizga taklif kiritamiz. Endi faqat bitta davlatniki böladi. Bunday erkinlikni, afsuski, bizning xalqimiz hali tuşunmas ekan.

Prezidentimiz topşiriq berdi. Kim bölişidan qat'i nazar, bu firibgarlikka aralaşganmi, javob beradi. Kerak bölsa, notöğri tergov olib borganga ham, notöğri hukm çiqarganga ham çora köriş böyiça juda qattiq topşiriq berdilar.








