Kun.uz saytida Qarşi şahrida istiqomat qiluvçi tadbirkor Safarovlar duç kelib turgan muammolardan hikoya qiluvçi «Qarşidagi sobiq «Ehtiyot qismlar bozori» haqiqiy egasiga qaytarilmayapti: 14 yillik sarsongarçilik qaçon barham topadi?» sarlavhasi ostida jurnalistik suriştiruv e'lon qilingan edi.

Köp ötmay Özbekiston Respublikasi Oliy sudi munosabat bildirdi.
Uşbu rasmiy munosabatda bir neça noaniqliklar va oçiq qoldirib ketilgan savollar bor.
Xususan, Oliy sud öz munosabatida şunday deb yozadi:
«Fuqarolik işlari böyiça Qarşi tumanlararo sudining 2007 yil 10 iyuldagi hal qiluv qarori bilan qayd etilgan oldi-sotdi şartnomasi haqiqiy emas deb topilib, E.Safarov «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» savdo kompleksi» MÇJning ta'sisçilar safidan çiqarilgan, quriliş materiallari bozori nomi özgartirilib, «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» savdo kompleksi» MÇJ deb qaytadan nomlaş majburiyati yuklatilgan».
Holbuki, Fuqarolik işlari böyiça Qarşi tumanlararo sudining 2007 yil 10 iyuldagi hal qiluv qarorida quyidagiça belgilangan:

1. Da'vogar — Qarşi şahar hokimligining javobgar Erkin Beğamoviç Safarovni «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJ ta'sisçilari safidan çiqariş haqidagi da'vosi qanoatlantirilgan. (Izoh: E.Safarov MÇJning 49 foiz uluşiga egalik qilgan).
2. Erkin Safarov va Tölqin Safarov örtasida Jayxun köçasida joylaşgan «Ehtiyot qismlar (quriliş materiallari) bozori» yuzasidan 2004 yil 15 aprelda tuzilgan oldi-sotdi şartnomasi haqiqiy emas, deb topilgan va taraflar dastlabki holatga keltirilgan (Izoh: ya'ni T.Safarovdan bozor egaligi E.Safarovga qaytarilgan).










