Turkmanistondan O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hajmi keskin kamaydi
«Turkmanenergo» davlat elektr energetika korporatsiyasining eksport amaliyotida vaqtincha nosozlik holati yuzaga keldi

Foto: Depositphotos
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 1 dekabr sanasidan buyon «Turkmanenergo» davlat elektr energetika korporatsiyasidan elektr energiyasi importi amaliyotini amalga oshirib kelmoqda.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» axborot xizmati xabariga ko‘ra, bugun, 21 fevral kuni soat 6:45da Turkmaniston energetika tizimiga tegishli «Mari issiqlik stansiyasi»da va «Serdar» nimstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘i favqulodda o‘chdi. Natijada, Turkmanistondan yetkazib berilayotgan elektr energiyasi 780 MVtdan 60 MVtgacha kamaydi.
Turkmaniston elektr uzatish tarmog‘ida ro‘y bergan nosozlik tufayli O‘zbekiston energetika tizimi bo‘yicha avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida 600 MVt quvvatdan foydalanayotgan iste'molchilar vaqtincha tarmoqdan uzildi.
Bildirilishicha, ayni paytda turkmanistonlik energetiklar tomonidan havo tarmog‘idagi nosozlik sabablarini aniqlanib, uni bartaraf etish yuzasidan zarur ishlarni olib borilmoqda.
«O‘zbekiston elektr energiyasi ta'minoti tizimida import amaliyoti o‘rnini qoplash uchun barcha zaxira kuchlari safarbar etilgan bo‘lib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi iste'molchilarga yetkazib berilmoqda.
Turli nosozliklar tufayli elektr ta'minotida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qisqa muddatli uzilishlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutasaddi xodimlari tomonidan bartaraf etilib, mavjud yoqilg‘i zaxirasiga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, «O‘zbekgidroenergiya» AJ stansiyalari ham to‘liq quvvatda faoliyat yuritmoqda.
«Turkmanenergo» korporatsiyasining «Mari issiqlik stansiyasi» va «Serdar» nimstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilgach, tarmoqdan uzilgan iste'molchilarga kuchlanish berish boshlanishini ma'lum qilamiz», - deyiladi xabarda.
Yuzaga kelgan texnik-muhandislik holati uchun iste'molchilardan uzr so‘ralgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
O‘zbekiston | 08:28
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
Mavzuga oid

19:00 / 30.05.2025
Toza energiya targ‘iboti: Sungrow O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqda

18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

17:26 / 29.04.2025