19-20 fevral kunlari prezident Şavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdöğan taklifiga köra Turkiya respublikasida rasmiy taşrif bilan bölib qaytdi.

Taşrifning birinçi kunida Anqara şahrida Özbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötdi.

Foto: Anadolu Agency

Jarayonlarni bevosita Anqaradan turib yoritgan Kun.uz muxbiri ikki davlat vakillarining strategik hamkorlik kengaşi yiğilişi, şuningdek, Şavkat Mirziyoyevning Turkiya biznes doiralari va kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvi natijadorligi böyiça Özbekiston savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov bilan qisqa suhbat taşkil qildi.

— Özbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengaşining ilk yiğilişi yakunida davlat rahbarlari va hukumat a'zolari törtta hujjat imzolaşdi.

Bu jarayonda siz ham iştirok etdingiz. Xöş, kelişuvlar böyiça yakunda qanday özgarişlarni kutişimiz mumkin, taşrifda nimalarga erişdik?

— Turkiya bizning strategik hamkorimiz. Özbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengaşining yuqori darajadagi birinçi yiğilişi qarorlari bir yil uçun möljallangan. Çunki bu yiğiliş Toşkent yoki Anqarada har yili böladi. Yiğiliş bir yilda qilinadigan hamkorlikdagi işlarga zamin yaratdi.

Biz Turkiya bilan madaniy, siyosiy va boşqa bir qança sohalar böyiça kelişuvga erişdik. Strategik jihatdan bu hamkorlik muhim, lekin kelişuvlarimizning 70 foizdan ortiğini iqtisodiy masalalar taşkil qiladi.

Şavkat Mirziyoyev parlament palatalariga qilgan murojaatida aytganidek, demokratiya yuqori iqtisodiy barqarorlikka ega davlatdagina yaratiladi.

Taşrifda Rajab Toyyib Erdöğan ham prezidentimizning sözlarini tasdiqladiki, bizda turk kapitali bilan 1360ta korxona oçilgan. Ulardan 465tasi 2019 yilga töğri keladi. Ya'ni Özbekistonda har kuni bitta yoki ikkita yangi turk korxonalari oçilmoqda. Demak, turk işbilarmonligi uçun eşiklarimiz oçiq.

Şavkat Mirziyoyev birinçi bor 2017 yilda Anqara va Istanbul şaharlarida turk işbilarmonlari bilan bölgan uçraşuvlarda tadbirkorlarga aynan şu va'dalarni bergan edi. Mana şu va'dalarga işonib turkiyalik tadbirkorlar bizga kirib kelişmoqda. Xöş, endi bu munosabatlarda yangi sahifalar qayerdan oçiladi? Javob sifatida aytişim mumkinki, bizda nafaqat turk biznesi, balki boşqa davlatlar bilan böladigan biznes hamkorliklar uçun qonun hujjatlarida özgarişlar bölişi kerak.