Milliarder deganda odatda köpçilikning köz öngida badavlat erkaklar namoyon böladi. Ammo dunyoda milliarder ayollar ham kam emas. Bu xonimlarning aksariyati öz boyligini meros orqali qölga kiritgan bölsada, qoldirilgan boylikni nafaqat sarflaş, balki köpaytirişga salohiyati yetganlari yoki öz aqli va tadbirkorligi ortidan pul işlaydiganlari ham bor.

Keling, ularning ayrimlari bilan tanişamiz.

Fransuaza Bettankur-Mayyers, umumiy boyligi qiymati 57,6 milliard dollar (2020 y.)

 Fransuaza Bettankur-Mayyers / AFP/GETTY IMAGES

Fransiyadagi L’Oréal kompaniyasining donği jahonga ketgan. Jahon ayollarining pardozga sarflaydigan milliardlarining salmoqli qismi L’Oréal ğaznasiga borib tuşişi heç kimga sir emas. 2017 yilda aynan şu kompaniya aksiyalarining 33 foizini meros orqali qölga kiritgan Fransuaza Bettankur-Mayyers xonim bugungi kunda qator reytinglar böyiça dunyoning eng boy ayoli maqomini özida saqlab turibdi.

1953 yilning 10 iyulida tuğilgan Fransuaza L’Oréal asosçisi Ejyen Şyullerning nabirasi,  Lilian Bettankurning yagona qizidir. Katta mablağ Fransuaza Bettankur-Mayyersga yirik xayriya işlari bilan şuğullaniş imkonini beradi. U har yili yoş olimlarning tadqiqotlarini moliyalaştiriş uçun 250 mln yevro mablağ sarflaydi.

Elis Uolton — umumiy boyligi qiymati 53,2 milliard dollar (2020 y.)

Elis Uolton / TIM PANNELL/THE FORBES COLLECTION

1949 yilning 7 oktyabrida AQŞdagi eng yirik savdo tarmoği – «Walmart» asosçilari Semyuel Mur Uolton va Helen Robson Uolton oilasida tuğilgan Elis uç öğil Rob, Jim va Jon orasidagi yagona qiz edi. U Texasdagi Triniti universitetini muvaffaqiyatli yakunlaganidan söng moliya va iqtisodiyot sohasida diplom oladi va oilaviy kompaniyada işlay boşlaydi. Keyinçalik, 1988 yilda u özining «Llama» moliyaviy kompaniyasiga asos soladi. Otasining ölimidan söng bankini yopadi va Texasdagi rançoga jönab, otlarni parvarişlaş bilan şuğullana boşlaydi.

Qimmatbaho kartinalar kolleksioneri bölgan Elis xonim tasviriy san'at yönalişidagi xayriyalarni ham moliyalaştiradi.