Ötgan sondagi reportajda koloniyadagi yaşaş tarzi haqida axborot berilgan bölsa, bu safar ayollarning içki dunyosi, öy-xayollariga nazar solişga harakat qilamiz.

Mahkumalarni bu yerga olib kelgan sabablar, qamoqxonadagi hayot manzaralari, alam va nafrat, yolğizlik va afsus-nadomatlar... Birinçi qahramonimiz hayot yölida adaşgani va bundan puşaymonligi, çorasizlik haqida öz taqdiri misolida gapirib berdi.

«Ongli ravişda jinoyat qilgandim»

– Bu yerga kelişimga sabablar köp. Oilaviy qiyinçilik, yetişmovçilik, çorasizlik meni şu joylargaça yetaklab keldi. Geroin savdosiga qöşilib qoldim. 6 yilini ötadim, yana 5 yil qoldi.

Jinoyatni qilişdan oldin özim bilib, ongli ravişda sodir etganman. Nima sababdan geroin sotdim? Bolalarim yoş edi, erim bilan ajraşganman. Köçaga çiqib işlolmasdim. Oilada yagona boquvçi edim. Yetişmovçilik meni jinoyat köçasiga yetakladi. 2 nafar qizimni kökrak suti bilan boqişim kerak edi. Onam işlamasdi. Otam ham şu jinoyat bilan ayblanib qamoqda edi. 2 nafar ukam ham hali yoş edi.

2007 yilda şu yölga kirganman. Öşa yili 2 qizim ham qamqonlik tufayli şifoxonada reanimatsiyada edi. Rözğorda heç vaqo yöq. Şifoxonadan uyga keldim. Qizlarimga dori-darmon olib boriş kerak edi. Nima qilişni bilmasdim. Uyimiz yertölasiga tuşib, ökirib-ökirib yiğladim. Keyin birdan bir teşikka közim tuşdi.

Yaxşilab qarasam, şişa idişda otamdan qolgan geroin bor ekan. Darrov otamning yaqin döstiga qönğiroq qildim. Bölgan voqeani, çorasizligimni aytib, yiğladim. U kelib ozroq pul berdi. Rözğorni butlab, kam-köstimni töldirdim. Şu tariqa oz-ozdan geroindan olib sotadigan böldim.

«Mehnatdan qoçmaymiz, lekin jamiyat bizdan voz keçgan»

– Birinçi marta sudlanganimda şartli ravişda ozodlikka çiqarişdi. Topgan daromadimning 25 foizini davlatga tölaşim kerak edi. Agar 3 oy içida tölolmasam, yana koloniyaga qaytişim kerak edi.

Pasport örnini bosuvçi vaqtinçalik hujjat berişdi. Iş izlab borgan joyimda rad javobi beraverişdi. Hokimiyatga bordim iş sörab, hamma joydan bir xil yöq javobi oldim. Bu yerda bolalarim oç-nahor, uyda mendan boşqa boquvçi yöq edi.