Özbekiston davlat san'at muzeyidagi “Sözana” XIX-XX asrlarga tegişli san'at asari hisoblanadi. 

Madaniyat vazirligi xabariga köra, uşbu eksponatning haqiqiyligini aniqlaş böyiça 2014 yil vazirlik tomonidan ötkazilgan inventarizatsiya jarayonida san'at asari asliga mos kelmasligi aniqlangan.

Inventarizatsiya natijalariga köra, Özbekiston davlat san'at muzeyining öşa davrdagi boş muhofizi M.U. tomonidan asarning soxtasiga almaştirilganligi ma'lum bölgan. Sözananing asliga mos kelmaganligi töğrisida 2014 yil 28 may kuni 4-sonli dalolatnoma tuzilgan.

Bu işlar yuzasidan vakolatli davlat taşkilotlari qarori asosida hukm çiqarilgan, boş muhofizga 9 yil-u 3 oyga ozodlikdan mahrum etiş jazosi belgilangan.

Vazirlik ma'lumotida aytilişiça, hozirda restitutsiya (xorijdan qaytariş) çoralari körilmoqda.