Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Özbekiston Milliy muzeyi qurilişiga tamal toşi qöydi.
Toşkentda uşbu muzey qurilişiga bağişlangan marosim bölib ötdi. Özbekiston Milliy boği yaqinidagi maydonga madaniyat va san’at namoyandalari, olimlar va adiblar, nuroniylar, jamoatçilik vakillari yiğildi.
– Hamma sohada rivojlaniş bilan birga qadriyatlarimizni tiklaşga harakat qilyapmiz. Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy majmuasi, Olimpiya şaharçasi kabi ulkan inşootlar quryapmiz. Buning zamiridagi asosiy maqsad şuki, bu binolar xalqimizga mulk bölib qolişi kerak. Mana endi yana bir tarixiy majmua – Özbekiston Milliy muzeyi qurilişini boşlayapmiz. Bu muzey uç ming yillik boy tariximizni odamlarga, dunyo hamjamiyatiga va kelajak avlodga yetkazadigan ilm-ma’rifat va madaniyat maskani böladi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Muzey Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi şafeligida Yaponiyaning «Tadao Ando Architect & Associates» arxitektura byurosi hamda Germaniyaning «Atelier Brückner» kompaniyasi tomonidan loyihalaştirilgan. Uning taşqi qiyofasi aylana, tört burçak va uç burçak şaklida bölib, Şarq va Ğarb madaniyatini özida uyğunlaştiradi. Majmua 3 qavatli muzey, 2 qavatli yertöla hamda yordamçi binolardan iborat böladi. Xitoyning «CSCEC International Construction» kompaniyasi tomonidan quriladi.
Qayd etilganidek, hozir Toşkentdagi 30 ta muzeyda 1 milliondan ziyod eksponat bor. Ularning 100 mingi Davlat san’at muzeyida bölib, şundan bor-yöği 2 ming 400 tasi namoyişga qöyilgan. Körgazma zallari yetarli bölmagani sababli 97 mingdan ziyodi omborda saqlanmoqda.
– Markaziy Osiyo, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Yevropa davlatlari madaniyatini özida aks ettirgan bu noyob san’at asarlari nafaqat bizning, balki butun insoniyatning beqiyos boyligi. Ularni asrab-avaylab, kelgusi avlodlar uçun beşikast yetkaziş, dunyo ommasiga namoyiş qiliş orqali mamlakatimizning boy tarixi va madaniyatini tarannum etiş barçamizning muqaddas burçimiz, deb ta’kidladi prezident.


Muzeyning umumiy maydoni 40 ming kvadrat metr böladi. Körgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va eksponatlarni saqlaş xonalarida eng zamonaviy qulayliklar taşkil etiladi. Muzeyda bir vaqtning özida 10 mingga yaqin eksponatni namoyiş qiliş imkoniyati yaratiladi.


















