17 yanvar kuni Toşkentda Özbekiston davlat san’at muzeyi yangi binosi loyihasining taqdimoti bölib ötdi.
Bino Xalqlar döstligi san’at saroyi, Abulqosim madrasasi va Milliy boğ örtasidagi hududda barpo etiladi. Avvalroq bu yerdagi “Navröz” saroyi buzilgan edi.
Muzeyning me’moriy loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi şuğullanyapti. Loyihaga maşhur arxitektor, “Pritsker” me’morçilik mukofoti sovrindori Tadao Andoning “Tadao Ando Architect & Associates” me’moriy byurosi jalb etilgan.

Boş loyihaçi sifatida esa Germaniyaning “Atelier Brückner GmbH” me’moriy byurosi tanlangan.
Özbekiston davlat san’at muzeyining dizayn konsepsiyasi katta ekspozitsiya maydoni, muzey omborxonasi, ma’ruza xonasi, kutubxona, kafe, şuningdek, tomda joylaşgan ayvon va boğni öz içiga oladi.

Rasmiy relizga köra, muzeyni loyihalaş işlari, muzey maydoniga bölgan zamonaviy talab va texnologiyalardan foydalanişni inobatga olgan holda amalga oşirilmoqda.

Taqdimot marosimida boş vazir örinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi ijroçi direktori Gayane Umerova, quriliş vaziri örinbosari Şuhratxöja Hoşimov, “Atelier Brückner GmbH” arxitektura byurosi vakillari, şu jumladan, byuroning boşqaruvçi hamkori Eberxart Şlag, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent City” xalqaro işbilarmonlik markazi quriliş direksiyasi va boşqalar iştirok etdi.

Loyihaning töliq taqdimoti aprel oyida bölib ötadi. Loyiha 2022-2023 yillarda amalga oşirilişi reja qilingan.


















