Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi

Yaponiyaga safar qilgan Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi raisi Gayane Umerova yaponiyalik me’mor, Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando bilan uçraşdi.

Jamğarma matbuot xizmati xabariga köra, Özbekiston davlat san’at muzeyi yangi binosining me’moriy loyihasi va dizayn ğoyasi ustidagi işlar tugagaç, uni amalga oşiriş yakuniy bosqiçga ötadi. Tadao Andoga loyiha ijrosi böyiça mualliflik nazoratini olib boriş yuklandi.

Joriy yilda yaponiyalik me’mor loyihasiga asosan bino qurilişi boşlanadi, deyiladi xabarda.

Muzey binosi sobiq “Navröz” tantanalar saroyi örnida barpo etilişi közda tutilgan.