The Sun naşrining yozişiça, Palais Bulles (Pufaklar saroyi) deb nomlanuvçi villani sotiş bilan Christies International Real Estate kompaniyasi şuğullanmoqda.

Foto: Flickr

Villa antiqa arxitekturaga egaligi evaziga şunday atalgan. Undagi inşootlar ötkir burçaklarga ega bölmay, şakliga köra pufaklarni eslatadi. Villa 1975-1989 yillar davomida vengriyalik arxitektor Antti Lovaga loyihasi bilan qurilgan, Karden esa uni uyning sobiq egasi vafotidan keyin 1990-yillar boşida auksionda sotib olgan. 

Foto: Flickr

Villaning boş binosi maydoni 1200 kvadrat metrni taşkil qiladi. Unda 10 ta yotoqxona va 11 ta sanuzel mavjud. Villa hududida 3 ta basseyn, boğlar, okeanga qaragan 500 kişilik amfiteatr bor. 

Ta'kidlaş joiz, modeler uşbu villani 2015 yilda 300 mln funt sterlingga sotişga uringan. Biroq öşanda villaga xaridor çiqmagan.