Qorako‘l tuman hokimligining axborot xizmati tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, yig‘ilish davomida Buxoro viloyat hokimi Karim Kamolov chiqish qilib, tuman hokimi Husniddin G‘oyirovning o‘z arizasiga asosan Qorako‘l tumani hokimi lavozimidan ozod qilinganligi to‘g‘risida qarorni o‘qib eshittirgan.
Buxoro viloyat hokimining qaroriga asosan, shu kungacha Olot tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Sherali Salomov Qorako‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
So‘zga chiqqan Qahramon Quronboyev oxirgi yillarda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish odimlariga to‘xtalib, tumanning sobiq hokimi Sherali Salomovning faoliyatiga omadlar tilagan.











