Gretsiyaga ötmoqçi bölgan 10 ming nafarga yaqin migrantlar Turkiya bilan çegara yaqinida töxtatildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan şanba kuni Yevropa hududiga ötmoqçi bölgan qoçqinlar uçun çegara oçib yuborilişini ma'lum qilgandi.
«Biz keça çegaralarni oçib qöydik (...) Mamlakatimiz qoçqinlarning yangi tölqinini qabul qiliş holatida emas», degandi u.
Erdöğan Putinga: «Qarşimizdan çekining va bizni rejim bilan xoli qöying»
Turkiya Suriya, Afğoniston va boşqa davlatlardan jami 3,7 million atrofidagi qoçqinni öz hududiga joylaştirgandi. 2016 yil Yevropa Ittifoqi bilan kelişuvga köra, turklar 6 mlrd yevro miqdoridagi moliyaviy yordam evaziga ular Yevropaga ötib ketmasligini ta'minlaşni öz zimmasiga olgandi.
Yana 3,5 mln atrofidagi qoçqinlar Suriyaning muxolifat kuçlari tomonidan nazorat qilinadigan Idlib viloyati şimolida, Turkiya bilan çegara hududida bölib turibdi.


Ötgan yilning dekabridan buyon Eron va Rossiya kömagidagi Suriya hukumati qöşinlari Idlibni töla egallaş uçun yurişni davom ettirmoqda. Agar hukumat qöşinlari maqsadiga erişsa, Turkiyaga qoçqinlar oqimi ikki barobar ortişi mumkin.
Erdöğan Yevropa çegaralarini oçib yuborişi qarorini Idlibda Suriya harbiy-havo kuçlari tomonidan hujum oqibatida 33 nafar turk harbiysi halok bölişi ortidan qabul qildi.
Turkiya Suriyada katta yöqotişga uçradi. Tafsilotlar

Gretsiya boş vaziri Kiriakos Mitsotakis yakşanba kunining ikkinçi yarmida çegaradagi vaziyatni muhokama qiliş uçun xavfsizlik kengaşining şoşilinç yiğilişini çaqirdi.
YeIning taşqi çegaralar nazorati böyiça Frontex agentligi Turkiyadan qoçqinlar oqimi kuçaygani sababli Yevrohamjamiyat çegaralarini himoya qiliş böyiça tayyorgarlikni yuqori darajaga kötardi.
Gretsiyada nimalar bölmoqda?
Grek politsiyasi ma'lumotiga köra, çegaraning Turkiya tomonida töplangan odamlar grek çegaraçilariga va huquq-tartibot organlari xodimlariga toşlar va metall buyumlar uloqtirişmoqda.
Taxminan 300 nafar qoçqin 7ta qayiq orqali Lesbos oroliga, 150 nafari 4ta qayiqda Samos oroliga, yana 70-80 kişi ikkita qayiqda Xios oroliga yetib kelgan.


Gretsiyaning Kastanis şahri yaqinidagi hududdan ötgan daryoda ham suvni keçib ötayotgan odamlar guruhini körişgan.
Qoçqinlarning bir qismi Evros viloyati çetida tösib qöyilgan.

«Ular [Turkiya hukumati] ularni nafaqat ötkazib yubormoqda, balki ularga buyoqqa ötib kelişlari uçun yordam körsatişmoqda», - degan televideniye orqali çiqişida mamlakat Mudofaa vaziri örinbosari Alkiviadis Stefanis.
Yevropa Ittifoqi Afina va Sofiyaga çegarani qöriqlaşda yordam va'da qilgan. 5 mart kuni Xorvatiya poytaxti Zagreb şahrida YeI davlatlari taşqi işlar vazirlari uçraşuvi ötkazilişi rejalaştirilmoqda.













