Tuşunarsiz «Barselona»

Işoning, «Barselona» sönggi yillardagi eng yomon davrini boşdan keçirmoqda. Jamoa barça ustunliklarini yöqotgandek. Ğalabaga umid bağişlaydigan birgina omil qolgan – Messi. «Barselona» yoki «Real»ning qanday holatda ekanini biliş uçun ularning özaro öyini eng yaxşi ölçov hisoblanadi. Birinçi davradagi töqnaşuvda «Barselona» mağlub bölmaslik uçun maydonga tuşib buni uddalagandi. Keça esa kataloniyaliklar aytarli heç qanday maqsadsiz maydonga tuşdi. Vaholanki, «Barselona» uçun birlamçi reja yengilmaslik va turnir javdalidagi yetakçilikni saqlab qoliş bölişi kerak edi. Ğalaba qozonişni va bu orqali «Barselona»ni ortda qoldirişni maqsad qilib maydonga tuşgan «Real» esa bunga erişdi. Xullas, öyinga aniq reja bilan tuşgan jamoa ğolib böldi.

Seten xato tanlovmi?

«Barselona» Messiga haddan taşqari boğlanib qolgani bor gap, lekin bu darajadagi katta jamoalarda murabbiy heç qaçon soyada qolib ketmasligi kerak. Aytaylik, Valverde qat'iyat yetişmasligida ayblangan bölsa-da, «Barselona» uçun katta avtoritetga aylana olgandi. Şu sababli Messi uning ketganidan xafa bölganini yaşirmadi.

Valverdening örniga murabbiy tanlaşda esa «Barselona» katta tavakkalga qöl urdi. Xuddi Martin Breytueytni sotib olganda tavakkal qilgani kabi. Köpçilik «Barselona» muxlislari unçalik yaxşi tanişga ham ulgurmagan Kike Seten klasikoda körinmay qoldi. Seten «Barselona» va «Real»ni «Betis» bilan «surbetlarça mağlub etiş» hamda klasikoning dahşatli atmosferasi içida böliş örtasida farq juda katta ekanini öz tanasida his qildi. Ha, janob Seten, «Barselona»ni boşqariş dalada sigir boqiş emas.

Seten klasikoda şunçalik hayajonlandiki, bir neça marta zaxira örindiğidagi joyiga borib ötirib oldi. Öyindan keyin Messi unga deyarli qiyo boqmay maydonni tark etgani esa murabbiyga yana bir oğir zarba böldi. Valverde «Roma» va «Liverpul» bilan öyinlarda heç narsa qila olmagan bölsa-da, kamida uning jamoasi «Real» oldida bunçalik beçorahol bölib qolmagandi. Ahvol şunçalikka yetdiki, «Napoli»ga yengilsa, Setenning javobi berilişi ham mumkin.

Qörqinçli va yangi «Real»

Zidanni futbolçilik vaqtidayoq kuçli murabbiy böladi deb taxmin qiliş mumkin edi, ammo töğrisi u faoliyatining boşidayoq ketma-ket uç marta Çempionlar Ligasini yutişi heç kimning tuşiga ham kirmagandir. Axir bu musobaqani heç kim hatto ikki marta ham ketma-ket yutmagan. Zidan «Real»ni şunday jamoaga aylantirdiki, Çempionlar Ligasini boşqa heç kim yuta olmaydigandek taassurot uyğondi. Ammo ajoyib kunlarning birida Zidan «Real»dan ketişini e'lon qildi. Bu vaqtda Ronaldu ham jamoadan ketişi aniq bölib ulgurgandi.