Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy röyxatga olişni taşkil etiş va yuritiş tartibi töğrisidagi yöriqnomani tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Yöriqnomaga köra, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Özbekiston Respublikasini himoya qiliş - Özbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burçidir.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq harbiy xizmat muddatli harbiy xizmat, safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat, kontrakt böyiça harbiy xizmat va Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida harbiy xizmatni ötagan rezervçilar xizmati kabi xizmat turlaridan iborat.
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari zaxirasida va rezervida turuvçi fuqarolar - harbiy xizmatga majburlar deb, harbiy xizmatga çaqiriladigan va tuman (şahar) çaqiruv uçastkalarida qayd etilgan şaxslar - çaqiriluvçilar deb ataladi.
Harbiy xizmatga majburlar va çaqiriluvçilar harbiy röyxatdan ötişlari zarur. Tibbiy tayyorgarlikka yoki Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan röyxatdagi tegişli harbiy ixtisoslikka turdoş kasb böyiça tayyorgarlikka ega bölgan ayollar jinsiga mansub şaxslar harbiy xizmatga majburlar harbiy röyxatiga kiritiladi.
Harbiy xizmatga majburlar va çaqiriluvçilarni harbiy röyxatdan ötkaziş davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli çaqiriluvçilar resurslarini hisobga oliş hamda tahlil qilişning umumdavlat tizimi hisoblanadi. U joylardagi boşqaruv va davlat hokimiyati organlari, mahalliy harbiy boşqaruv organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, korxona, muassasa, taşkilotlar, şu jumladan, ta'lim muassasalarining rahbarlari tomonidan idoraviy mansubligi va mulkçilik şakllaridan qat'iy nazar yaşaş, işlaş va öqiş joylari böyiça olib boriladi.
Harbiy xizmatga majburlar va çaqiriluvçilarni harbiy röyxatga oliş tizimi mamlakatda amal qiluvçi pasport tizimi bilan boğliq holda yuritiladi. Röyxatga oliş tizimining faoliyat körsatişi Özbekiston Respublikasi Mudofaa va Içki işlar vazirliklari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, tumanlar, şaharlar hokimliklari tomonidan ta'minlanadi.
Harbiy xizmatga majburlar va çaqiriluvçilarning harbiy röyxati umumiy, maxsus va şaxsiy röyxatga bölinadi.
Maxsus harbiy röyxatda safarbarlik davri va uruş davri uçun davlat boşqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlarga bronlaştirib qöyilgan harbiy xizmatga majburlar turadilar.












