Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistondagi barça boğçalarda koronavirusga qarşi nazorat tadbirlari kuçaytirilişi haqida ma'lum qildi.

«Sönggi kunlarda koronavirus infeksiyasining dunyo böylab şiddat bilan tarqalayotgani tufayli epidemik vaziyat yanada qaltis bölib bormoqda. Şundan kelib çiqqan holda yurtimizda yuqumli kasalliklar, jumladan, koronavirus infeksiyasi kirib kelişining oldini oliş maqsadida davlat çegaralaridagi mavjud barça sanitariya-karantin punktlarida qat'iy nazorat örnatilib, uşbu punktlar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan töliq ta'minlangan.

Aholi örtasida koronavirus infeksiyasi böyiça epidemiologik barqarorlikni ta'minlaşga yönaltirilgan barça profilaktik va epidemiyaga qarşi nazorat tadbirlari Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya talablari asosida amalga oşirilmoqda. Bu borada Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hamda mahalliy mutasaddi vazirlik va idoralar bilan ham hamkorlikda tizimli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, vazirlik Maktabgaça ta'lim vazirligi bilan qöşma qaror qabul qilib, unda yurtimizdagi barça boğçalarda koronavirus infeksiyasining profilaktikasi va nazorati böyiça çora-tadbirlarni kuçaytiriş, tegişli sanitariya çoralarni amalga oşiriş orqali bolalar salomatligini muhofaza qiliş belgilandi.

Uşbu hujjatga asosan, endilikda boğçalarda mas'ul xodimlar iştirokida ertalabki filtrni taşkil etiş, ötkir respirator kasallik belgilari aniqlanganda tarbiyalanuvçilarni alohidalaş hamda zudlik bilan ota-onasiga va hududiy poliklinikaga xabar beriş, bolalarning qöllarni tez-tez sovun bilan yuvişi, şaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilinişi böyiça doimiy ogohlantiriş işlari olib boriladi.

Şuningdek, maktabgaça ta'lim muassasalarida xonalarni şamollatiş, doimiy ravişda dezinfeksiya vositalari yordamida kundalik tozalov işlarini oliş boriş, tozalik hamda dezinfeksiya tadbirlarini kuçaytiriş, muassasadagi tibbiyot xonalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar, zararsizlantiruvçi vositalar hamda dori-darmonlar bilan ta'minlaş kabi profilaktik tadbirlarni qat'iy amalga oşiriş körsatib ötilgan.

Şu bilan birga, dunyodagi epidemik vaziyat barqarorlaşgunga qadar xalqaro va ommaviy tadbirlarni ötkazmaslik, çet el fuqarolari va xorijda bölgan fuqarolarni maktabgaça ta'lim muassasasiga vaqtinça işga qabul qilmaslik va ularning farzandlarini esa karantin davri tugamagunça boğçaga olmaslik kabi qat'iy çoralarni köriş ham mazkur hujjatda aks etgan.

Şu bilan birga, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarşi va dezinfeksiya tadbirlarini bajarilişi böyiça har bir maktabgaça ta'lim muassasasining rahbari şaxsan javobgar ekanligi töğrisida ogohlantirildi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi