«Koronavirus dunyo böylab şiddat bilan tarqalayotgani bois, uning yurtimizda tarqalişi oldini oliş maqsadida qat'iy nazorat çoralari körilmoqda.
Ana şu maqsadda Soğliqni saqlaş vazirligi mamlakatimizdagi qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasi yurtimizga kirib kelişi oldini oliş borasida tizimli işlarni amalga oşirmoqda. Vazirlik yurtimizdagi oliy öquv yurtlari va örta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida profilaktik çora va nazoratni kuçaytiriş, tegişli sanitariya tadbirlarini amalga oşiriş orqali murabbiy va talaba-öquvçilar salomatligini muhofaza qiliş maqsadida Oliy va örta maxsus kasb-hunar ta'lim vazirligi bilan ham qöşma qaror qabul qildi.
Unga köra, öqituvçi va talabalarni öqiş, malaka oşiriş va tajriba almaşuvi böyiça alohida körsatma bölmagunça xorijga, ayniqsa, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan davlatlarga çiqişlarini çegaralaş, barça xalqaro tadbirlar, olimpiadalar va şu kabi boşqa tadbirlarni ham ötkazmaslik va ularda qatnaşiş uçun çet mamlakatlarga bormaslik hamda Özbekistonga kelayotgan çet ellik talaba va öqituvçilarning vaqtinçalik kirişini çegaralaş çoralarini qat'iy köriş vazifalari belgilandi.
Şuningdek, mazkur hujjat bilan ta'lim muassasalarida talabalarning har kunlik tana haroratini ölçaş, kunlik kuzatuvlarni olib boriş, ötkir respirator infeksiya kasalligi belgilari aniqlanganlarni tibbiy punktga olib boriş, talaba va öquvçilarning şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilişlarini muntazam nazorat qiliş, auditoriyalar, talabalar turar joylari va boşqa xonalarda kunlik dezinfeksiya tadbirlarini muntazam ötkaziş, tanaffus vaqtlarida barça xonalarni şamollatiş kabi profilaktik tadbirlarni qat'iy amalga oşiriş körsatib ötildi.
Şu bilan birga, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş uçun şaroit yaratiş, talaba va öquvçilarga qöllarini kuniga bir neça marta sovunlab yuvişini tavsiya qiliş, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasining oldini oliş böyiça tayyorlangan tarqatma materiallarni barça talabalarga yetkaziş kabi vazifalar ham aks etgan. Bundan taşqari, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarşi va dezinfeksiya tadbirlarini bajarilişi böyiça har bir ta'lim muassasaning rahbari şaxsan javobgar ekanligi töğrisida ogohlantirildi.
Şu örinda, Soğliqni saqlaş vazirligi jahonda koronavirus bilan boğliq epidemiya tez sur'atda ösib borayotganligini hisobga olib, yurtimizdagi barça oliy va örta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari mas'ullaridan yuqorida körsatib ötilgan çora-tadbirlarga qat'iy rioya qilib, uni nazorat qilişlarini söraydi, deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.









