Birinçi bosqiçda Vaşington öz harbiylari miqdorini kamaytirişni rejalaştirgan. 28 fevral kuni Dohada imzolangan bitimga köra, keyingi 4,5 oy - 135 kun içida Afğonistondagi amerikalik harbiylar soni 13 mingdan 8,6 ming nafarga tuşiriladi.
Toliblar kelişuvga töliq rioya qilişsa, amerikalik harbiylar 14 oy içida Afğonistonni töliq tark etişi lozim.
Afğoniston hukumati «Tolibon» harakati bilan kelişuvni imzolaş jarayonida iştirok etmagan.
Mamlakat prezidenti Aşraf Ğani avvalroq kelişuvning bir şartini bajarmasligini aytgandi - bu «Tolibon»ning asirlikdagi a'zolari muzokaralar oldidan qöyib yuborilişi bilan boğliq şart edi. Ammo duşanba kuni Afğoniston prezidenti bu haftada qamoqdagi mingdan ortiq asirlarni ozod qiliş töğrisidagi farmoniga imzo çekişi mumkinligi haqida gapirdi.
Vosita va vakolat
Ötgan haftada toliblar Hilmandda afğon armiyasiga uyuştirgan hujumga javoban AQŞ aviatsiyasi havo zarbalari yöllaşi «Tolibon» bilan kelişuv taqdirini xavf ostida qoldirgandi.
Ammo duşanba kuni «Tolibon» qarama-qarşilikni töxtatişga çaqirdi, şundan keyin Afğonistondagi Amerika qöşinlarining (USFOR-A) rasmiy vakili polkovnik Sonni Leggett AQŞ harbiylarni olib çiqişni boşlaşini e'lon qildi.
Şu bilan birgalikda, Leggett Afğonistonda qolayotgan amerikalik harbiylar IŞID va «Al-Qoida» terrorçilik guruhlariga qarşi aksilterror amaliyotlarini davom ettirişi va Afğoniston xavfsizlik kuçlariga kömak körsatişini aytgan.
«Vazifalarimizni bajariş uçun zarur bölgan barça harbiy vositalar va vakolatlarimiz bor», degan u.

Toliblar bilan kelişuvda quyidagilar közda tutilgan:
- Agar toliblar kelişuv şartlariga amal qilişsa, AQŞ 14 oy içida öz qöşinlarini olib ketadi
- Kelişuv imzolanganidan keyin toliblar va afğon hukumati örtasida muzokaralar boşlanişi kerak
- «Tolibon» öz a'zolaridan heç kimga Afğoniston hududida AQŞ va uning ittifoqçilari xavfsizligiga daxl qilişga yöl qöymaydi










