Turistik savdo zonasiga oid tafsilotlar hozirça ma'lum emas.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari poytaxtda quriladigan muhtaşam kutubxona va Milliy arxiv binosi bilan ham tanişgan.
«Milliy arxiv fondi özining kölami, hajmi, noyobligi jihatidan mintaqamizda yetakçilardan. Hozir bu yerda 1 million 800 ming saqlov birligidan ortiq turli davrga oid hujjatlar saqlanadi.
Qurilişi közda tutilgan yangi arxiv binosi zamonaviy arxitektura yeçimlari va talablarni töliq özida mujassam qiladi. Inşoot 1-toifadagi alohida muhim obektlarning talab va mezonlari asosida barpo etiladi. Eng avvalo, arxiv saqlovxonalari siğimini 3 million hujjatga mos holda oşiriş, repozitoriy uçun joy taşkil etiş, öquv zalini kengaytiriş, tadqiqotçilarga xizmat körsatiş sifatini yuqori darajada ta'minlaş uçun zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanişga şaroitlar yaratiladi.

Qolaversa, uşbu loyihalarda turizmni rivojlantiriş maqsadida xorijiy fuqarolarni jalb qilgan holda arxiv körgazmalarini taşkil etiş imkoniyatlari ham közda tutilgan.
Taqdim etilgan loyihada ulkan öquv zali majmuasi, anjumanlar va körgazmalar uçun zallar, ilmiy ma'lumotlar kutubxonasi hamda muzey, kinozal, bufet va muzokaralar uçun xonalar inobatga olingan.
Prezidentimiz mazkur loyihalarni yanada takomillaştiriş, aholimiz uçun keng qulayliklar yaratiş yuzasidan öz tavsiyalarini berdi.

Şavkat Mirziyoyev «Raqamli Toşkent» loyihasi böyiça körsatmalar berdi
Şuningdek, fuqarolarning özini özi boşqariş organi komplekslarining namunaviy loyihalari taqdimot qilindi.
Ma'lumki, davlatimiz rahbarining 2020 yil 18 fevraldagi «Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarorida Mahalla markazi majmualarini quriş körsatib ötilgan. Şundan kelib çiqib, loyihalarda innovatsion texnologiyalardan, arzon, energiya tejamkor materiallardan foydalaniş nazarda tutilgan. Ularni davlat-xususiy şeriklikning şartlari asosida puxta, sifatli va namunaviy loyihalar asosida quriş belgilangan.









