Mudofaa vazirligi tomonidan Eronga insonparvarlik yukini yetkaziş uçun ajratilgan havo kemasi uşbu mamlakatda bölib turgan 28 nafar özbekistonlikni olib qaytadi va ular ikki hafta davomida karantin holatida saqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Hukumati portali tomonidan ma'lum qilinişiça, prezidentning alohida körsatmasiga muvofiq, Mudofaa vazirligi tomonidan Eronga insonparvarlik yukini yetkaziş uçun ajratilgan havo kemasida ayni jarayonda Eronda qolib ketgan 14 nafar yuk taşuvçi haydovçilar, tadbirkorlar, talabalar – jami 28 nafar vatandoşimiz olib kelinadi. Ular va samolyot ekipaji a'zolari qaytib kelgaç, belgilangan tartibda malakali şifokorlar, soha mutaxassislari nazorati ostida ikki hafta muddatda karantinda saqlanadi.

Bundan avvalroq Eron Islom Respublikasi hukumatining Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga yangi koronavirus COVID-19 kasalligi tarqalişini bartaraf etiş uçun zarur bölgan tibbiy buyumlar va vositalar bilan ta'minlaşda amaliy yordam körsatiş yuzasidan murojaati asosida uşbu mamlakatga insonparvarlik yordami jönatilişi xabar qilingandi.

«Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan Eronning uşbu murojaatini qöllab-quvvatlaş, şuningdek mazkur xavfli infeksiyaga qarşi kuraşiş böyiça birgalikdagi sa'y-harakatlarni kuçaytiriş maqsadida steril tibbiy qölqoplar, himoya qiluvçi kombinezonlar, maxsus tibbiy formalar, niqoblar, doka, spirt, gigiyenik gellar va dori vositalari singari umumiy oğirligi qariyb olti tonna bölgan tibbiy buyumlar şaklida insonparvarlik yordami yuborilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yukini şakllantiriş va yetkazib beriş uçun mas'ul etib belgilangan», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, mart oyi boşida Eronning Turkmaniston bilan çegarasidagi bojxona postida qolayotgan özbekistonlik haydovçilar prezidentga videomurojaat bilan çiqişgan, keyinroq Taşqi işlar vazirligi ular bilan boğliq vaziyatni nazoratga olgandi.

  • Sönggi ma'lumotlarga köra, butun dunyoda virusdan zararlanganlar soni 138 152 nafarni taşkil qilmoqda, qurbonlar soni 5 mingdan oşib ketdi - 5080. 
  • Eronda esa koronavirus tufayli vafot etganlar soni bir kunda 85 kişiga köpayib, 514 kişiga yetdi. Sönggi 24 soat içida kasallikni yuqtirib oliş bilan boğliq yana 1289ta qayd etildi va barça kasallanganlar soni 11 364 nafarga yetdi.