Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Eron-Turkmaniston chegarasida qolayotgan o‘zbekistonlik haydovchilar bo‘yicha ma'lumot berdi
Eronning Turkmaniston bilan chegarasidagi bojxona postida qolayotgan 11 nafar o‘zbekistonlik prezidentga videomurojaat bilan chiqishi ortidan, Tashqi ishlar vazirligi vaziyat nazoratga olinganini bildirdi.
Videomurojaatda vatandoshlar koronavirus tufayli chegaralarning yopilgani natijasida 23 fevraldan buyon «Lutfobod» postidagi terminalda qolib ketishganini aytishgan edi.
7 mart kuni O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasi bu ma'lumotni tasdiqladi.
Ma'lum qilinishicha, Turkmaniston-Eron chegarasi yopilishi sababli jami 700ga yaqin haydovchi, shu jumladan 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi «Lutfobod» va «Saraxs» chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgan.
«Elchixonaning konsullik bo‘limi 23 fevraldan buyon mazkur vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda. Ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib vatanga qaytishni rad etishdi.
O‘zbekistonning Tehron va Ashxabod shaharlaridagi elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda ushbu masalani hal qilish uchun Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot olib bormoqda», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
13:30 / 15.03.2026
Hamas Eronni qo‘shnilarga hujum qilmaslikka chaqirdi
02:49 / 15.03.2026
Eron AQSh Citibank’ining BAA va Bahrayndagi bo‘limlariga zarba berdi
23:57 / 14.03.2026