Yordam Eronning koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaş va virusni yengiş uçun birgalikdagi çora-tadbirlarni ta'minlaş maqsadida jönatilmoqda.

Özbekiston Vazirlar Mahkamasining “Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuboriş töğrisida Hukumat farmoyişi”da Eronga quyidagi tovarlar yetkazilişi aytilgan: 

  • bir martalik steril tibbiy qölqoplar;
  • himoya qiluvçi kombinezon;
  • maxsus tibbiy forma;
  • tibbiy niqoblar;
  • tibbiy doka;
  • tibbiy spirt;
  • gigiyenik gel;
  • “Rutan” tabletkalari.

Insonparvarlik yukini kuzatib boriş va topşiriş uçun Eronga favqulodda vaziyatlar vazirining örinbosari boşçiligida Özbekiston delegatsiyasi yuboriladi.

Avvalroq, 12 fevralda va 3 martda Özbekiston Xitoyga ikkita insonparvarlik yordamini jönatgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Eronda koronavirusdan kasallanganlar soni 9 mingni, undan vafot etganlar soni 354 nafarni taşkil qilmoqda.