13 mart kuni Quriliş vazirligida yangi tahrirdagi Şaharsozlik kodeksi loyihasi böyiça davra suhbati bölib ötdi. Unda vazirlik rahbariyati, deputatlar va soha mutaxassislari iştirok etişdi.

Loyihada har qanday obektni quriliş boşlanmay turib, jamoatçilik muhokamasidan ötkazilişiga oid norma qöşilgan.

Yangi tartib jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş imkonini berişi aytilmoqda, deb xabar qildi Kun.uz muxbiri.

Bu haqda ma'lum qilgan Quriliş vazirligi Yuridik byuro boşliği Akbar Rajabov Şaharsozlik kodeksida kutilayotgan boşqa özgarişlar haqida ham gapirib berdi.

Akbar Rajabov
Foto: Quriliş vazirligi

«Yangi tahrirdagi Şaharsozlik kodeksi loyihasida quriliş sohasida har bir obektning şaharsozlik hujjatlari ekspertizadan ötkazilişi belgilab qöyildi. Unga köra, şaharsozlik hujjatini ekspertizadan ötkazuvçi har bir ekspertga bergan xulosasi böyiça javobgarlik belgilangan.

Ekspertlar yetkazilgan zarar oqibatidan kelib çiqib, ma'muriy, jinoiy javobgarlikka tortiladi», – dedi Akbar Rajabov.

Uning sözlariga köra, amaldagi şaharsozlik kodeksida ekspertlarning xulosasi berilişi böyiça heç qanday modda aks ettirilmagan. Ekspertlar tomonidan berilgan ekspertiza xulosasi tavsiyaviy xarakterga ega bölgan.

Akbar Rajabovning ta'kidiça, yangi kodeks loyihasiga kiritilgan özgarişlardan yana biri – quriliş sohasidagi sifat masalasining nazorat qilinişi.

«Bu böyiça yangi Şaharsozlik kodeksiga alohida bob kiritildi. Bu qurilişni nazorat qiliş mexanizmlari – qurilişni davlat tomonidan nazorat qiliş, texnik nazorat qiliş, mualliflik nazorati va pudratçining içki nazorati uşbu kodeksda aniq belgilab berildi», – dedi u.