Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida voqea joyiga yetib bordi. Avtoservisda kislorod balloni portlagan, natijada servis binosi tomining bir qismi qulab tuşgan.
Muxbirimizning xabar berişiça, voqea joyi örab olingan va heç kim içkariga kiritilmagan. Dastlab na içki işlar xodimlari, na Favqulodda vaziyatlar vazirligi vaziyatga izoh berişmadi. Hatto olingan video lavhalarni özini Içki işlar eksperti deb taniştirgan Sirojiddin Solihov degan şaxs jurnalist qölidan telefonni olib, olingan kadrlarni öçirib taşladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, birlamçi ma'lumotlarga köra portlaş natijasida 2 kişi vafot etgan, 4 kişi şifoxonaga yotqizilgan. Hozirça vafot etganlar şaxsi noma'lum. Şifoxonaga yotqizilganlarning ahvoli haqida ayni paytda ma'lumot berilmadi.
Hozir tergovga qadar tadbirlar olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, prokuratura va Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari voqea joyida işlamoqda.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.








