Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Kun tartibidagi masala böyiça viloyat hokimi Farhod Ermanov nutq sözladi.

Viloyat rahbari öz sözida tumanda bugun töplanib qolgan muammolar, ularni bartaraf etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga tanqidiy baho berdi.

Muhokamalardan söng, Maqsud Ortiqoviç Saidov işda yöl qöyilgan kamçiliklar, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişda orqada qolgani uçun Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. 

Kun.uz muxbiri xabariga köra, bu haqdagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. Maqsud Saidov 2017 yildan beri şu lavozimda işlab kelayotgandi.

Muhammadmurod Xudayberganov 

Farhod Ermanov Yangiariq tumani hokimi lavozimiga Muhammadmurod Sobiroviç Xudayberganov nomzodini tavsiya qildi. Muzokaralardan söng, Muhammadmurod Xudayberganov nomzodi Yangiariq tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

M. Xudayberganov 1962 yilda tavallud topgan, mutaxassisligi böyiça agronom. Şu paytga qadar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelgan. 

Ma'lumot uçun, Yangiariq tumani viloyat hududining 6,5 foizini egallaydi. Tumandan Urganç şahrigaça 24 km. Xiva, Boğot, Urganç tumanlari va Turkmaniston davlati bilan çegaradoş.