Xorazm viloyati, Yangiariq tumanining Yangiariq mahallasida şov-şuvli qotillik jinoyati sodir etildi, deb xabar berdi ÖzA.
Qayd qilinişiça, 19 fevral kuni Yangiariq tumanining Yangiariq mahallasida istiqomat qiluvçi, 1954 yilda tuğilgan erkak oilaviy kelişmovçilik sababli, 1974 yilda tuğilgan öğlini uyida saqlab kelayotgan ov miltiği bilan qasddan otib öldirgan. Şuningdek, kelini va nevarasiga ham öq uzib, oğir jarohat yetkazgan.
Jinoyat tergov-tezkor guruhi tomonidan qisqa muddatda foş etilib, gumonlanuvçi ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Mahallamiz uçun juda yomon holat böldi bu hodisa. Bu mudhiş voqeaning asl sababçisi içkilikdir. Spirtli içimlikni me’yoridan ortiq iste’mol qilgan ota oila a’zolari bilan kelişolmay qolgan. Örtada janjal çiqib, mudhiş qotillik jinoyati sodir bölgan. Uç yildan buyon mahallamizda bironta jinoyat sodir etilmagan edi», dedi mahalla raisi Otabek Nazariy.











