Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi Özbekistonda qayd etilgan koronavirus infeksiyasi töğrisida qöşimça ma'lumot berdi.
«Joriy yilning 14 mart kuni Respublika Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga COVID-19 koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib 1 nafar bemor yotqizilgan.
Bemor 2020 yilning 28 fevralidan 11 mart kuniga qadar Fransiya davlatida sayohatda bölgan. 11 mart kuni soat 6:00da Parij-Toşkent 252-reysi bilan Toşkentga uçib kelgan. Toşkent xalqaro aeroporti sanitariya-karantin punktida termometriya hamda birlamçi tibbiy tekşiruvdan ötkazilgan va tekşiruv davomida kasallik belgilari aniqlanmagan. Asosiy yaşaş manziliga aniqlik kiritilib, uy şaroitida 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.
Joriy yilning 13 mart kuni bemor tomoğida qiçişiş, tana harorati kötarilişi hamda yötal belgilari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Bemordan 14 mart kuni koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlili uçun Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga namuna olingan va 15 mart kuni soat 06:00da namuna javoblariga köra koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan.
Samolyotda bemor bilan 48 nafar yölovçi kelgan. Ulardan 24 nafari tranzit yölovçilar, 24 nafari Özbekistonda qolgan. Ularning 4 nafari Fransiya, 1 nafari Italiya va 1 nafari Braziliya fuqarolaridir.
Özbekistonda qolgan 24 nafar kişining asosiy yaşaş manzili böyiça röyxatlari şakllantirildi. Ularni 14 kunlik karantin ötkazişi uçun maxsus tayyorlangan muassasalarga joylaştirildi. Şuningdek, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida 11 mart kuni faoliyat olib borgan 69 nafar çegara qöşinlari, bojxona, aeroport xodimlarining röyxati şakllantirildi hamda maxsus muassasalarda 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.
Bemorning 10 nafar oila a'zolari töliq tekşiruvdan ötkaziş uçun Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga joylaştirildi.
Bemor istiqomat qiluvçi köp qavatli uy va bemor xonadonida dezinfeksiya tadbirlari ötkazildi. Şu bilan birga, mazkur köp qavatli uyda yaşovçi 230 nafar fuqaro röyxati şakllantirilib, tibbiy kuzatuvga olindi.
Soğliqni saqlaş vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining malakali mutaxassislari tomonidan epidemiyaga qarşi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu jarayonga barça kuç va vositalar jalb qilingan, olib borilayotgan çora-tadbirlar töliq nazoratga olingan», deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.









