2020 yil 16 mart kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Aholini röyxatga oliş töğrisida”gi qonunni imzoladi.

Qonunning maqsadi aholini röyxatga oliş sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunga köra, Özbekiston Respublikasi aholisi har ön yilda kamida bir marta röyxatga olinadi. Davlat statistika qömitasi aholini röyxatga oliş sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Fuqarolar özini özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalari aholini röyxatga olişga tayyorgarlik körişga va uni ötkazişga kömaklaşişi, aholini röyxatga olişni ötkaziş töğrisida xabardor qiliş jarayonida iştirok etişi, şuningdek bu jarayonlarga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş jarayonida jamoatçilik nazoratini amalga oşirişi mumkin.

Qonun rasman e'lon qilingan kundan kuçga kiradi.