Qonunga köra, qoramol, qöy, eçki va tuyalar tuğilganidan 14 kun ötgaç, otlar 4 oydan keyin, çöçqalar 1 oydan keyin, itlar va muşuklar esa 3 oydan keyin identifikatsiya qilinişi belgilangan. Bunda hayvonlar mazkur muddatlar tugaganidan söng bir oydan keçiktirmay röyxatdan ötkazilişi şart.

Şuningdek, saqlaş yoki köpaytiriş maqsadida Özbekistonga olib kirilgan hayvonlar mamlakatga kiritilgan sanadan e’tiboran 21 kun içida identifikatsiya qilinişi kerak.

Qonunda hayvon söyilganda, nobud bölganda, ölganda, yöq qilinganda yoki mamlakat taşqarisiga olib çiqilganda, u yetti kun içida davlat hisobidan çiqarilişi ham nazarda tutilgan.

Hayvon egasining murojaati asosida vakolatli davlat organi vakili beş iş kuni içida hayvonni identifikatsiya qilişi va davlat röyxatidan ötkazişi lozim. Qonun hayvonlar hisobi va ularning harakatini yagona tizim orqali kuzatişni ta’minlaşga qaratilgan.