Qaşqadaryo viloyati transport boşqarmasi Toşkent şahri va Toşkent viloyatida taxsil olayotgan talabalarni bepul olib ketiş taşabbusi bilan çiqdi. Bu haqda boşqarmaning telegram kanalida e'lon berildi.
“Şu kunlarda uyiga qaytiş niyatida bölgan, ammo ayrim insofsiz taksiçilar yölkira narxini asossiz oşirib yuborgani sabab qiynalib qolgan qaşqadaryolik talabalar uçun muhim yangilik. Qaşqadaryo viloyati transport boşqarmasi taşabbusi bilan qaşqadaryolik talaba yoşlarni olib keliş çorasi köriladi. Bu iş mutlaqo bepul amalga oşiriladi.
Buning uçun 18 mart kuni soat 10:00 ga qadar Toşkent şahridagi Talabalar şaharçasiga yetib kelişingiz söraladi. Şu joyning özida Qaşqadaryoga qaytiş uçun transport vositalari qatnovi taşkil etiladi. Murojaat uçun Qaşqadaryo viloyati transport boşqarmasi boşliği Uluğbek Ernazarov bilan quyidagi telefon orqali boğlaning: +998973507788” deyiladi xabarda.








