Şu yilning 17 mart kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks yangi, jarima soliş töğrisidagi qarorni ijro etişning soddalaştirilgan tartibini belgilovçi 332-1-modda bilan töldirildi.

Unga köra, huquqbuzar unga jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan kundan boşlab ön beş kun içida jarima miqdorining yetmiş foizini ixtiyoriy ravişda tölagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini tölaşdan ozod qilinadi.

Biroq, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uçun sud tomonidan jarima solinganda;

jarima soliş töğrisidagi qaror ustidan şikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

xuddi şunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda jarima soliş töğrisidagi qarorni ijro etişning soddalaştirilgan tartibi qöllanilmaydi.

Qonun rasman e'lon qilingan kundan boşlab kuçga kiradi.