Bugun Toşkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farğona vodiysi viloyatlarida quruq va juda iliq havo saqlanib turadi, harorat me'yoriy qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori bölib, 20-25 daraja böladi, ayrim joylarda 27 darajagaça kötariladi.
«Özgidromet» xabariga köra, respublikaning qolgan hududlarida ayrim joylarga yomğir yoğadi va havo harorati 18-23 darajadan oşmaydi. Respublika böyiça ayrim joylarda şamolning tezligi 15-20m/s gaça kuçayişi mumkin. Keçga borib havo ayniydi, osmonni bulut qoplab tungi soatlarda butun mamlakat hududida yomğir yoğişi kutilmoqda.
Ertaga, Navröz bayram kunida kun davomida respublikada yomğir yoğadi, faqat şimoli-şarqiy tumanlarda yoğingarçilik bölmaydi. Mamlakatning barça hududlarida kunduzgi havo harorati 18-23 darajani taşkil qiladi, bu me'yordan 2-3 darajaga yuqori. Şamolning tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi mumkin. Mamlakat poytaxtida keçasi va kunning birinçi yarmida yomğir yoğadi. Şamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 14-14 daraja iliq, kunduzi 18-20 darajani taşkil qiladi.
Dam oliş kunlarida nam havo oqimi respublika hududidan çiqib ketadi. Ob-havo yoğingarçiliksiz böladi, harorat keçasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja böladi, bu yilning şu davri uçun xos bölgan me'yoriy qiymatlardan 4-5 darajaga yuqori.








