Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing ötkazilmoqda. Unda koronavirusga qarşi kuraş masalasi töğrisida söz yuritilmoqda.
«Agar koronavirusga çalingan fuqarolar töliq tuzalib çiqsa, kasallik qaytalanmaydi. Asoratlari ham qolmaydi. Faqatgina töliq tuzalmasdan şifoxonadan çiqarib yuborilganlar qayta şifoxonaga murojaat qilişi mumkin», — dedi Bahrom Almatov.
Şuningdek, uning sözlariga köra, maktablarni dezinfeksiya qiliş uçun aholi yoki öquvçilardan pul yiğiş notöğridir.
«Maktablarni dezinfeksiya qiliş uçun aholi yoki öquvçilardan pul yiğiş notöğri. Maktablarni dezinfeksiya qiliş maktab rahbarlari va dezinfeksiya qiluvçilar örtasida tuziladigan şartnoma asosida amalga oşiriladi. Bolalardan yoki aholi vakillaridan buning uçun haq oliş notöğri», — dedi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori.
Avvalroq, Prezident xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan Özbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari böyiça maslahat va kömak olib böyiça topşiriq bergani haqida xabar qilingandi.









