Joriy yilning 16 mart kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi 156-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalaş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga köra, litsenziya oliş uçun talabgor 25 yoşdan kiçik va 65 yoşdan katta bölmasligi;
oliy yuridik ma'lumotga ega bölişi;
yuridik mutaxassislik böyiça 3 yillik stajga ega bölişi (şu jumladan notarial idorada kamida 1 yil stajirovka ötagan bölişi);
malaka imtihonini topşirişi belgilangan.
Sudyalik lavozimida kamida 5 yil işlagan yoki notarius yordamçisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatiga rahbarlik qiliş, uşbu faoliyatni nazorat qiliş bilan boğliq lavozimlarda kamida 3 yil işlagan şaxslar stajirovkadan ötmasdan imtihonda iştirok etişga haqli.
Talabgorlar litsenziya oliş uçun davlat xizmatlari markazlariga (DXM) özi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) röyxatdan ötadi.
DXMlarda markaz xodimi tomonidan, YaIDXPda mustaqil ravişda sörovnoma töldiriladi. Sörovnomaga tegişli hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi.
Davlat xizmatini körsatiş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining yarim baravari (hozirgi kunda 111 ming 500 söm) miqdorida yiğim undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda yiğimning 90 foizi (100 ming 350 söm) undirilişi nazarda tutilgan.
Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi 15 iş kunigaça bölgan muddatda sörovnomada körsatilgan ma'lumotlarni örganib çiqadi.
Örganiş natijasiga köra talabgorning malaka imtihonida iştirok etiş yoki iştirok etişini rad etiş töğrisida xulosa tuziladi va tasdiqlanadi.
Malaka imtihoni talabgorning malaka imtihonida iştirok etişi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlangan kundan boşlab 5 kundan söng, lekin 15 kundan keçiktirmay ötkaziladi.








