2020 yil 18 mart kuni Qumqörğon tumanining “Elabod” mahallasi hududidan ötuvçi M-41 avtomobil yölining 1537-kilometrida, Şörçi-Qumqörğon yönalişi böyiça harakatlanib kelayotgan, tumanning “Joziba” mahallasida yaşovçi N.X. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşinasi bilan yölni çapdan öngga kesib ötayotgan piyoda, Qiziriq tumanida yaşagan N.P.ni turtib yuborgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, natijada N.P. sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yilning 19 mart kunidagi xulosasiga köra “hayot uçun xavfli bölgan oğir” tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 19 mart kuni tuman içki işlar bölimi huzuridagi Tergov bölimi tomonidan N.X.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.








