Bu haqida Xalq ta'limi vaziri örinbosari Dilşod Kenjayev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Öquvçilarning karantin ta'tilidagi vaqtlarini mazmunli ötkaziş va öquv dasturida belgilangan bilimlarni öz vaqtida özlaştirişlari maqsadida Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda televizion darslarni tasvirga oliş işlari boşlangan.
Televizion darslarni tasvirga olişda imkoniyati çeklangan bolalarni öqitiş ham inobatga olingan. Barça dars maşğulotlari kar va zaif eşituvçi bolajonlarga ham tuşunarli bölişi uçun surdopedagog hamda surdotarjimonlar tomonidan sinxron ravişda tarjima qilinmoqda. Közi ojiz bolalar esa televizion dars maşğulotlarini ovozli eşitib, tuşunib olişlariga imkon yaratiladi. Bu jarayonga soha mutaxassislari jalb etilgan.
Televizion darslar 2 tilda (özbek va rus) tasvirga olinmoqda. Şu bilan birga, Qoraqalpoğiston Respublikasida mahalliy telekanali orqali qoraqalpoq tilida televizion darslar ham tayyorlanmoqda. Qolgan tillarda (qozoq, qirğiz, turkman, tojik) zarurat tuğilganda, albatta, mahalliy telekanallar bilan hamkorlikda televizion darslar tayyorlanadi», dedi Kenjayev 22 mart kungi brifingda.
Dilşod Kenjayevga köra, teledasturlar, ya'ni darslar jadvali va efir vaqtlari keyingi hafta 26 martdan boşlab anons şaklida e'lon qilinadi.
Vazir örinbosari masofaviy ta'limda foydaniş mumkin bölgan qöşimça internet resurslari haqida ham axborot berdi.
«Xalq ta'limi vazirligining rasmiy veb-saytida, kundalik.com hamda «Onlayn maktab» elektron portali orqali ham videodarslarni kuzatib boriş mumkin.
Şuningdek, Respublika bolalar kutubxonasining www.kitob.uz saytida özbek tilida (qisman rus tilida ham) badiiy adabiyotlar joylaştirilmoqda. Bugungi kunga qadar saytga 1083ta (646ta elektron, 437ta audio) elektron kitob va audio resurslar joylaştirilgan.
Yana qöşimça ravişda Alişer Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning internet tarmoğidagi www.natlib.uz sayti hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Telegramdagi @bolalikkunlarimda









